Аннотация: Чтение произведений Насри также требует большого мастерства. Важно прочитать выражение с точки зрения художественных особенностей литературного произведения, критических точек идей, выдвигаемых в нем.
Ключевые слова: литература, произведения, чтения, устная речь
Nasriy asarlarni ifodali o’qish ham katta mahorat talab qiladi. Chunki, adabiy asarning badiiy xususiyatlari, unda oldinga surilgan fikrlar yezuvchi duneqarashi kabi muhim masalalarni aniqlashda ifodali o’qish muhim ahamiyatga ega.
Buning uchun o’qituvchi matn tanlashda juda ehtiyet bo’lmog’i lozim. Matn yuqori saviyaga, yuksak badiiy qimatga ega bo’lgan, shu bilan bir qatorda ta’lim-tarbiyaga oid bo’lmog’i kerak.
Olingan parcha hajm jihatidan juda katta bo’lmasligi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, matnda dialoglar kam bo’lishiga e’tibor berish kerak. Shundagina og’zaki nutqni o’stirish badiiy asarning g’oyaviy mazmunini chuqur tushunish, obrazlar tizimini o’rganish, umu-man, yezuvchining hayetga bo’lgan munosabatini anglash kabi vositalar ifodali o’qish darslari oldiga quyiladigan qator talablarga javob berishi mumkin.
Nasriy asarlarni ifodali o’qishni hammaga yaqin va oson bo’lgan xalq og’zaki ijodiga mansub ertakdan og’zaki ijodining eng qadimgi turlaridan biri hisoblanadi. Unda fantaziya va mubolag’a kuchli bo’lib, xalq hayeti, urf-odatlari, intilish va kurashlari, orzu-armonlari aks ettiriladi.
Shunisi xa-rakterliki, deyarli barcha ertaklar asosida ezgulik bilan yezuvlik o’rtasidagi keskin kurash turadi va albatta, ezgulik tantanasi bilan yakunlanadi.
Ertaklarni ifodali o’qishdan oldin, o’zbek xalq ertaklarida turli tuman shaklda ishlatiladigan an’anaviy muqaddima namunalaridan misollar keltiri-lib, ularning birbiridan farqi tushuntiriladi. Masalan, „Tulki bilan to-vus” ertagining ertagi, echkilarning burtagi qirg’ovul qizil ekan, quyrug’i uzun ekan, g’oz karnaychi ekan, o’rdak surnaychi, ola qarg’a azonchi, qora qarg’a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, turg’ay to’qimchi ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, yetti kunlik yeri bor, yetti kunlik yerida dumi kalta bo’ri bor... O’zbek xalq ertaklaridan "Oypara„ning muqaddimasi undan farq qiladi: „Bor ekanda yo’q ekan, och ekanda to’q ekan, o’tkan zamonlarning birida Husanboy ismli kambag’al bir bechora yigit bo’lgan ekan, uning yetarli joiy ham yo’q ekan. U tug’ilib o’sgan qishlog’idai eski masjidning hujrasida yetib yurar ekan.” E’tibor berilsa, ikkala ertakning muqaddimasi ham boshqacha o’qilishini sezish qiyin emas. Masalan, birinchi ertak muqaddimasi sajda yezilgani uchun ifodali o’qiganda ritmga ham katta e’tibor beriladi.
Ikkinchi ertak muqaddimasi esa undan butunlay farq qiladi: „Bor ekanda yo’q ekan, och ekanda to’q ekan...” Bu parcha xuddi muallif bayeni kabi vazmin o’qiladi. Hikoya epik turning kichik janri bo’lib kishi hayetidagi ma’lum bir voqeani tasvirlaydi, ammo shu voqeaga qadar bo’lgan va undan keyin ro’y bera-digan voqealarni batafsil bayen etmaydi. Shunisi xarakterliki hikoyada qahramon hayetidan kichik bir epizodi olinib, unda hayetning muhim, tipik ko’-rinishi ixcham shaklda tasvirlanadi.
O’quvchi hikoyani ifodali o’qishda bu janrning ana shu jihatlarini e’ti-borga olishi matndagi nutqi, tabiat tasviri dialoglar hamda qahramonning ich-ki kechinmalarini puxta o’rganishi lozim.Abdulla Qahhorning „O’g’ri” hikoyasi-ning o’qilishini ko’rib chiqaylik.
Asarda Qobil bobo obrazi xonavayron bo’lgan dehkonlarning yerqin timsoli bo’lsa, amin, pristav va ellikboshilar hukmron sinfning tirik vakillari sifatida tasvirlanadi. Shuning uchun o’qish jaraye-nida Qobil boboning nihoyatda soddaligi amaldorlarning esa poraxo’rligi, ikki yuzlamachiligi fuqaroni mensinmasligi ravshan sezilib turishi kerak. Shunda-gina tinglovchida Qobil boboga nisbatan achinish, mehr muhabbat, amaldorlarga cheksiz nafrat tuyg’ulari uyg’onadi. Qissalardan bir emas, bir necha personajlar qatnashadi va ular bosh qahramon atrofida guruhlashadi.
Qissalarni ifodali o’qishga kirishishdan avval ularning janr xususiyat-lariga e’tibor berish zarur. Masalan, avtobiografik qissalarda hayet osuda osoyishta tasvir etiladi. Sabit Muqonov, Sadriddin Ayniy, Oybek va Abdulla Qahhorlarning avtobiografik qissalari fikrimizning yerqin dalilidir. Bun-day asarlar asar mazmunidan kelib chiqqan holda osoyishta, shoshilmay o’qiladi.
Abdulla Qahhorning „Sinchalak”, Asqad Muhtorning „Qoraqalpoq qissasi”, Pirim Qodirovning „Erk”, „Qadrim”, mashhur qirg’iz yezuvchisi Chingiz Aytmatovning „Jamila”, „Sarvqomat dilbarim”, „Alvido ,Gulsari”, „Oq kema” sin-gari sof badiiy qissalari o’tkir dramatizm, keskin konflikt zaminiga qurilgan va bu mazkur 18 asarlarni ifodali o’qishda ham o’z aksini topishi kerak. Roman epik turga mansub bo’lib, insonning jamiyat bilan aloqasini har tomonlama keng rejada tasvirlashi hayetning ko’lamdor manzarasini chizishi bilan ajralib turadi. Romanning qissa va hikoyadan farqi shundaki unda turmushning yirik muammolari qalamga olinadi.
Ko’plab personajlar ishtirok etadi. Roman janri-dagi asarlarni ifodali o’qishning o’ziga xos qiyinchiliklari ham shunda. Nega-ki, o’sha personajlarning har birining tabiatini, madaniy saviyasini, yurish-turishi o’zaro munosabatini, dangasa yeki chaqqonligini, qo’yingki, jamiyat haye-tidagi ishtirokini tushunib yetmasdan turib ifodali o’qib bo’lmaydi. Ma’lumki, roman, o’z navbatida tanlangan mavzui va tasviriy ifoda uslu-biga ko’ra, yana bir necha turga bo’linadi. Masalan, „O’tgan kunlar”, „Qutlug’ qon” tarixiy roman „Quyesh qoraymas” harbiy roman „Bo’rondan kuchli” zamonaviy roman „Davr mening taqdirimda” ijtimoiy falsafiy roman „Anna Kareni-na” oilaviy — maishiy roman „Sarob” — ijtimoiy ruhiy roman va boshqalar. Ularning barchasi bir xil o’qilsa, ko’zlangan maqsadga hech qachon erishib bo’l-maydi. Bunday o’qish kishini charchatadi, asarga nisbatan qiziqish yo’qoladi.
Tinglovchi ham, o’quvchi ham undan estetik zavq ololmaydi. Romanning ichki turlari aniqlab olingandang so’ng, unda qatnashayetgan obrazlarning nutqi, xatti — harakati, so’zlash uslubini ham ko’z oldiga keltira bilish zarur. So’ngra romandan olingan parchani bir necha marotaba o’qib chiqib, tinish belgilari, urg’u, pauza va boshqa zaruriy narsalar aniqlab chiqilsa maqsad yanada ravshalanadi. Bu vazifalarni bajarib bo’lingandan keyin ifoda-li o’qishga kirishsa bo’ladi.
Masalan: „Yo’lchi turmada yasharkin” (pauza), unga tug’ishgan (qisqa pauza) og’a — ini singari mehribon bo’lgan Petrov bilan birinchi uchrashuvdan boshlab (pauza), to so’nggi damgacha o’tgan hayetini hozir o’z fikridan bir — bir kechirdi (pauza).
Petrovning (qisqa pauza) u uchun yangi (pauza) yerqin (qisqa pauza), ulug’ bir dune ochgan (pauza), unga alangali umidlar bag’ishlangan (pauza), uning kuchlariga chin qahramonlik maydonini ko’rsatgan (pauza), olmosday o’tkir (qisqa pauza), quyeshday porloq (pauza), ammo shu bilan barobar sodda (pauza), har bir mehnat-kashning (qisqa pauza), har bir ezilganning yuragiga yepishadigan fikrlariga sho’ngib ketdi (pauza). Qanday ishlash kerak (pauza), nima qilish kerak (pauza), nimadan boshlash kerak (pauza), bu xususda (qisqa pauza), Petrov uqtirgan ken-gashlarini chuqur mulohaza qildi (pauza). Faqat (pauza), qalbini to’ldirgan ulug’ fikrlarni kimga ochadi (pauza) va qanday ochadi (pauza) Buning uchun so’zamol bo’lish kerak-ku (pauza). Ilgari juda qulay bo’lib ko’ringan narsa (pauza) endi atroflicha o’ylaganda (pauza), hazilakam emasligi ravshanlashdi (pauza): „Bunday qilaman” (pauza) — labini qimirlatib o’z-o’ziga shivirlari yo’lchi (pauza), — avval shunday odamlarni tortamanki (pauza), o’zimga qanday ishonsam (pauza), ularning diliga shunday ishongan bulay (pauza)... Ular shunday odamlar bo’lsinki (pauza)... Petrovning yo’liga kirgandan keyin (qisqa pauza) o’tta ham (pauza) suvga ham o’zini urishga tayer ko’rsatsin (pauza), joni dili bilan ishga beril-sin (pauza). Eng yaqinlarimdan (pauza) sinaganlarimdan boshlayman (pauza). Bu ishda shoshqaloqlik (pauza), yengillik yaramaydi (pauza). Jamiki boylarga o’t bilan suvday (pauza). Uning ukasi Jumabay (pauza). Ishchi yigit (pauza) tramvay yo’lini tozalashdan boshi chiqmaydi (pauza).
Prozaik asarlarni ifodali o’qishda tinish belgilariga alohida e’tibor berish kerak. Pauza talab qilinadigan o’rinlar hisobga olinishi va unga amal qilinishi zarur. Chunki, ko’p xollarda talabalar tinish belgilariga e’tibor bermay o’qiydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Q.Oripov, M.Obidova, „Ifodali o’qish”, „O’qituvchi”, T., 1994.
- K.Jo’rayev, „Ifodali o’qish va hikoya qilish”, „O’qituvchi”, T., 1968.
- S.Inomxo’jayev, A.Zunnunov, „Ifodali o’qish asoslari”, „O’qituvchi”, T., 1978.
- S.Inomxo’jayev, „Badiiy o’qish asoslari”, „O’qituvchi”, T., 1981.
- T.Qudratov, „Nutq madaniyati asoslari”, „O’qituvchi”, T., 1993.
- A.Ahmedov, „Notiqlik san’ati”, „O’zbekiston”, T., 1967.
- M.Afzalov, „Yuz og’iz dono so’z”, „Fan va turmush” jurnali,
7-son, 1966.